ONESEC kibernetika sohasi innovatsiyalarning IT-parki – “Cyberpark” rezidenti sertifikatini qo’lga kiritdi. Uning mavjudligi bizning mutaxassislarimiz zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda kiberxavfsizlikni ta’minlash va loyihalarni boshqarish sohasida xizmatlarni ko’rsatish uchun barcha zarur vakolatlarga ega ekanligini anglatadi.
Kibernetika sohasi innovatsiyalarning IT-parkidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini rivojlantirish, davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va tijorat tuzilmalari ehtiyojlari uchun dasturiy-texnik tizimlar, apparat va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;
- Himoyalangan axborot tizimlari va resurslariga, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga hujumlar va tajovuzlarni aniqlash va oldini olishning avtomatlashtirilgan intellektual tizimlarini, shuningdek aloqa va telekommunikatsiya kanallari orqali maxfiy ma’lumotlarning chiqib ketishidan himoya qilish vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish;
- Biznes jarayonlarini avtomatlashtirish hamda axborot aktivlarini (apparat va dasturiy ta’minot, ishlab chiqarish texnologiyalari, patentlar, tovar belgilari va boshqalar) ularga ruxsatsiz kirish, yo’q qilish yoki o’g’irlashdan himoya qilish uchun eng yangi texnik vositalar va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy etish;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot sohasida raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish bo’yicha innovatsion startap loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish, ularni ichki tashqi bozorlarda ilgari surish.
Biz samarali hamkorlik va ko’plab qo’shma muvaffaqiyatli loyihalarni kutamiz!