NORMATIV HUJJATLARNI ISHLAB CHIQISH

Xizmat haqida

Normativ hujjatlarni ishlab chiqish — tashkilotda axborot xavfsizligi Siyosatini va barcha tegishli hujjatlarni ishlab chiqish bo’yicha kompleks xizmat hisoblanadi. Axborot xavfsizligini ta’minlash, birinchi navbatda, qat’iy tartibga solinishi va hujjatlashtirilishi kerak. Barcha zarur qoida va ko’rsatmalar ishlab chiqilishi va majburiy ravishda amalga oshirilishi kerak. Tashkilotdagi keyingi ishlar va ularni amalga oshirish va bajarish ushbu hujjatlar dastlab qanchalik malakali tuzilganligiga bog’liq.

ONESEC axborot xavfsizligi bo’yicha mutaxassislari milliy miqyosda (kontsepsiyalar, davlat standartlari, sanoat yo’riqnomalari), hamda biznes va xususiy sektor miqyosidagi axborot xavfsizligi sohasida me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ulkan tajribaga ega. Biz vazirliklar, qo’mitalar, banklar, yirik sanoat korxonalari va respublika bo’ylab ko’plab filiallarga ega bo’lgan keng tarmoqlar uchun axborot xavfsizligining yo’riqnoma va siyosatlarini ishlab chiqdik.

Quyidagilarga ega bo’lasiz

  • O’z tashkilotingizda axborot xavfsizligini ta’minlash va uni keyinchalik uni ishda qo’llash bo’yicha malakali ishlab chiqilgan va rasmiylashtirilgan me’yoriy hujjatlar.
  • Mavjud hujjatlarni qayta ko’rib chiqish yoki qo’shimchalarini ishlab chiqishda mutaxassislarimiz tomonidan ko’rsatiluvchi qo’shimcha yordam va qo’llab-quvvatlash imkoniyati.
  • Tashkilotingiz xodimlarini seminar va treninglar rejimida ishlab chiqilgan hujjatlar bilan tanishtirish.

AX bo’yicha normativ hujjatlar nima uchun kerak

Sizning jamoangiz qanchalik professional bo’lishidan qat’iy nazar, barcha xodimlar uchun doimo aniq ko’rsatmalar va ularning bir-biri bilan o’zaro munosabati mavjud va yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak. Har bir inson tashkilotdagi o’z rolini, mas’uliyat sohasini bilishi va hujjatlarda ko’rsatilgan barcha talablarga rioya qilishi kerak. Bu esa o’z o’rnida, barcha biznes jarayonlarning uzluksiz ishlashi, shuningdek, yuqori ishonchli va xavfsiz bo’lishini ta’minlaydi.

Biz qanday ishlaymiz

  1. Begonalarga ma’lumotlarni oshkor qilmaslik shartnomasini imzolaymiz.
  2. Biz mavjud normativ hujjatlar, shuningdek, tashkiliy va loyiha hujjatlari bo’yicha dastlabki ma’lumotlarni so’raymiz.
  3. Tashkilot, apparat va dasturiy ta’minot, operatsion axborot tizimlari haqida kerakli ma’lumotlarni to’plash maqsadida biz tashkilot xodimlari bilan suhbatlar o’tkazamiz.
  4. Kerakli hujjatlar ro’yxatini tuzamiz va rahbariyatingiz bilan kelishib olamiz.
  5. Ishning narxi va shartlarini aniqlab olamiz, shartnoma tuzamiz.

Ushbu xizmat kimga mos keladi

Ushbu xizmat kerak bo’ladi, agar:

  • Siz o’z tashkilotingizdagi barcha biznes jarayonlarini tartibga solish va maksimal xavfsizlik va ishonchlilikni ta’minlashni istaysiz.
  • Axborot xavfsizligi xatarlarini kamaytirishni va tizimlaringizning xatolarga nisbatan chidamliligini va ishonchliligini oshirishni istaysiz.
  • O’zingizni insayderlardan, ichki va tashqi qonunbuzarlardan himoya qilishni, har bir xodimning vazifa va mas’uliyatini tartibga solishni istaysiz.
SO’ROV QOLDIRISH