OSINT – ochiq ma’lumotlarga asoslangan razvedka – bu O’zbekiston bozoridagi yangi xizmat bo’lib, kompaniya va tashkilotlarga taklif etamiz. Mazkur xizmat sizning kompaniyangiz, tovar belgisi, biznesingiz haqida Internetdan ma’lumotlarni to’plash, Internetda joylashtirilgan ijobiy va salbiy materiallar va sharhlarni tahlil qilish, xodimlaringizning ishonchliligini tekshirishni o’z ichiga olishi mumkin. Mumkin bo’lgan insayderlar va raqobatchilarning nayranglaridan qanchalik himoyalangan ekanligingizni tushunishga imkon beradi.
OSINT (open-source intelligence, ochiq ma’lumotlarga asoslangan razvedka) — bu ochiq manbalardan shaxs yoki tashkilot haqidagi ma’lumotlarni to’plash va uni keyingi tahlil qilish imkoniyati.
Ochiq manbali qidiruv — bu maqsad haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni olish uchun ommaviy ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish metodologiyasidir.
“Internet barcha narsani eslab qoladi” degan naql bor. Bu haqiqatdan ham shunday. Agar ma’lumot bir marta o’chirilgan yoki o’zgartirilgan bo’lsa ham, barcha ma’lumotlarni bitta massivga to’plash va tahlil qilishning ko’plab usullari mavjud. Biz o’z navbatida mazkur ish bilan shug’ullanamiz. Ma’lumotlarni to’plash va tahlil qilish bo’yicha barcha ishlarni amalga oshirilgandan so’ng, menejer batafsil hisobotni oladi va uning yordamida o’z tashkiloti yoki xodimlari haqida ko’plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ladi.
Bir narsani qayta ta’kidlashni istardik, ONESEC axborot xavfsizligi mutaxassislari, istalgan usul bo’yicha hisob ma’lumotlarini buzish yoki ularni ruxsatsiz qo’lga kiritish bilan shug’ullanmaydi. Butun jarayonlar ommaviy va ochiq axborot manbalaridan foydalangan holda masofadan turib amalga oshiriladi. Ushbu xizmat ko’p jihatdan olingan ma’lumotlarni batafsil tahlil qilish va ushbu ma’lumotlarni tartibga solish bilan munosabatlarni tuzish bo’yicha shakllanadi.
Kiberxavfsizlik sanoati ko’pincha texnologiyalarga bog’liq bo’ladi: eng so’nggi eksploitlar, xakerlik vositalari va tahdidlarni topuvchi dasturiy ta’minotlar. Aslida esa ko’p narsalar odamlarning o’ziga bog'liq. Bu zararli dasturlarni ishlab chiquvchi odamlar, maxfiy va shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlaydigan odamlar va boshqa tomondan, o’zlarini bunday narsalardan himoya qilish vazifasi yuklangan odamlar hisoblanadi. Aynan shunday maqsadda OSINT yoki ochiq manbalarga asoslangan razvedka, kiberxavfsizlikning muhim, ammo ko’p holatlarda e’tibordan chetda qoladigan "insoniy" elementi sifatida xizmat qiladi.
Buning ahamiyati shundaki, siz Internetda o’zingiz yoki tashkilotingiz haqida bilib olishingiz mumkin bo’lgan har qanday ma’lumotlarni tajovuzkorlar ham bilib olishlari mumkin. Rahbarlarning asosiy maqsadi esa - tashkilot uchun xavf tug’diradigan har qanday ma’lumotni, tajovuzkorlar tomonidan qo’llanilishidan oldin uning xavfini kamaytirish maqsadida birinchilardan bo’lib uni topishdir. Buning eng aniq usullaridan biri bu – OSINT tahlilini o’tkazish bo’lib, u orqali maxfiy ma’lumotlar va shaxsiy ma’lumotlarning oshkor etilishi, boshqaruv, biznes, xodimlarning murosaga kelishi, insayder hujumlari, sabotaj va boshqa omillar bilan bog’liq xavflarni bartaraf etilishi mumkin bo’ladi.
OSINT — bu barcha uchun ochiq bo’lgan ma’lumotlarni qidirish vositasi bo’lib, u mutlaqo qonuniy hisoblanadi.
Ushbu xizmat kerak bo’ladi, agar: