AXBOROT XAVFSIZLIGI AUTSORSINGI

Xizmat haqida

Axborot xavfsizligi autsorsingi — ushbu xizmat, tashkilotida AX bo’limi va yetarli miqdordagi malakali mutaxassislari bo’lmagan ammo doimiy ravishda kerakli axborot xavfsizligini ta’minlanishini, o’z tarmog’ini, axborot tizimlarini, aktivlarini, maxfiy ma’lumotlarini himoya qilinishini va amalga oshirilayotgan barcha ishlar yuzasidan batafsil hisobotlarni olishni istagan rahbarlar uchun mo’ljallangan.

Quyidagilarga ega bo’lasiz

  • Tashkiliy ishlar. Axborot xavfsizligi siyosati talablariga rioya etilishining nazorati. Xodimlarning axborotni himoya qilish bo’yicha huquqiy hujjatlar bilan tanishishni nazorat qilish. Internetda, olinadigan ommaviy axborot vositalarida, elektron pochta va boshqalarda ishlash talablari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish.
  • Texnik ishlar. Axborot xavfsizligi hodisalarini aniqlash maqsadida tizim jurnallarini (log fayllari) tahlil qilish. Sozlamalarni sozlash, apparat va dasturiy ta’minot ma’lumotlarini himoya qilish monitoringi. Foydalanuvchi hisoblari ularning huquqlari va kirish darajalariga mos kelishini tekshirish. Tarmoq faoliyatini tahlil qilish. Axborot xavfsizligining boshqaruvi va kirish nazorati.

Axborot xavfsizligi autsorsingining afzalliklari

Qonun talablariga muvofiqligi

Barcha hujjatlar va tashkiliy-texnik tadbirlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga, axborot xavfsizligi sohasidagi normative-huquqiy hujjatlarga, standartlarga, nizomlarga muvofiq ishlab chiqiladi.

Texnik himoyaning maksimal darajasi

Himoya tizimlarini qurish barcha huquqiy me’yorlarning qat’iy bajarilishini, iqtisodiy maqsadga va axborot xavfsizligi standartlariga muvofiqligini, axborot xavfsizligini ta’minlovchi vositalarning bir-biriga mos kelishini va buyurtmachining mavjud dasturiy ta’minoti va uskunalarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Mahoratlilik

Faoliyat davomida, ko’p yillik amaliy tajribaga ega bo’lgan va sertifikatlangan mutaxassislarimiz ishtirok etadi.

Shaffoflik

Barcha ishlar aniq tartibga solinadi va tashkilot bilan kelishilgan holda olib boriladi. Natijalar asosida batafsil va tushunarli hisobot taqdim etiladi.

Tejamkorlik

Ish haqi fondidagi tejamkorlik, ya’ni mutaxassislar shtatiga ehtiyojingiz bo’lmaydi.

Biz qanday ishlaymiz

  1. Begonalarga ma’lumotlarni oshkor qilmaslik shartnomasini imzolaymiz.
  2. Mijozning axborot tizimi haqida dastlabki ma’lumotlarni so’raymiz.
  3. Davr va natijani ko’rsatuvchi ish rejani tuzamiz.
  4. Shartnomani tuzamiz. Ishga kirishamiz.
  5. Har oy bajarilgan ishlar bo’yicha batafsil hisobotlarni beramiz.

Ushbu xizmat kimga mos keladi

Ushbu xizmat kerak bo’ladi, agar:

  • Doimiy ravishda tashkilotning IT-infratuzilmasining axborot xavfsizligini kerakli darajada ta’minlashni istaysiz.
  • Tashkilotingizda butun bir axborot xavfsizligi bo’limini va yuqori malakali mutaxassislarni shtatda ushlab turishni istamaysiz.
  • Axborot xavfsizligining hozirgi holatini tartibga solib, har tomonlama himoya qilishni istaysiz.
SO’ROV QOLDIRISH