SERVER VA WEB-SAYTLARNING XAVFSIZLIGI TAHLILI

Xizmat haqida

Server va web-saytlarning xavfsizligi tahlili - ushbu xizmat sizning serverlaringiz va web-saytlaringizning axborot xavfsizligi darajasini tekshirish imkonini beradi.

Hozirgi vaqtda ikkita tarif mavjud bo’lib, ular: Light va Pro hisoblanadi. Mazkur tariflar bir-biridan o’tkazilgan testlar soni va olingan natijalari bilan farq qiladi:

  • Light. Ushbu tarifda serverga ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot orqali ochiq portlar uchun skanerdan o’tkaziladi va ularda ishlaydigan xizmatlar tahlil qilinadi. Sinovdan o’tkazilayotgan resurs haqida faol va passiv ma’lumotlar jamlanmasi amalga oshiriladi. Axborot xavfsizligi tahdidlari va zaifliklarini tahlil qilish va web-sayt haqida ma’lumotlarni to’plash (OPENVAS, OWASP, OSINT). Web-sayt qora ro’yxatlarda turishi yoki yo’qligi, shuningdek, viruslar va zararli kodlar mavjudliligining tahlili. SSL-sertifikatining tahlili. Domen ostidagilar, o’qilishi mumkin bo’lgan katalog va fayllarning tahlili.
  • Pro. Ushbu tarif "Light" tarif rejasida amalga oshiriluvchi barcha jarayonlarni, shuningdek, ba’zi qo’shimcha tekshiruvlarni o’z ichiga oladi. Xususan, yuklama sinovlari (DoS-hujumlarining taqlidi), parollarni tanlashga qarshilikni tekshirish, xizmatlarning autentifikatsiya ma’lumotlari va avtorizatsiya shakllarini tekshirish amalga oshiriladi.

Server va web-saytning xavfsizligi nima uchun tekshirilishi kerak

Har qanday web-sayt, o’zining ahamiyati, hajmi va tijoratlashuvidan qat’iy nazar hujumga uchrashi mumkin. Natijada, resurs o’z funksionalligini yo’qotadi va foydalanuvchilarning maxfiy ma’lumotlari xavf ostida qoladi. Egasi uchun esa bu mavqe va moliyaviy yo’qotishlarni olib keladi.

To’g’ridan-to’g’ri amalga oshirilgan hujumdan tashqari, sizning web-saytingizdan boshqa resurslarga zarar yetkazish maqsadida ham foydalanish mumkin - spam va DDoS-hujumlarini yuborish, foydalanuvchilarga hujum qilish, qurilma va ilovalarni zararlash. Agar bu kabi holat sodir bo’lsa, web-sayt xosting, qidiruv tizimi yoki brauzerlar tomonidan bloklanadi.

Tijorat saytlariga foydalanuvchi ma’lumotlariga ega bo’lish maqsadida hujum qilinadi. Keyinchalik ushbu ma’lumotlar firibgarlik sxemalarida ham qo’llanilishi mumkin. Korporativ web-saytlar kompaniya tarmog’iga kirish huquqini olish, mijozlar bazasini o’g’irlash va maxfiy ma’lumotlarni olish tahdidiga uchraydi.

Web-sayt qayerda zaif bo’lishi mumkin:

• Ma’muriyat tizimida — firibgarlar ma’muriy paneli, xizmatlar parollarini qo’lga kiritishi yoki o’g’irlashi mumkin.

• Dasturiy qism — CMS, skriptlar, plaginlar.

• Server qismida.

Hujumlar robotlarning avtomat harakatlariga asoslangan tizimsiz, massiv xarakterga ega bo’lishi mumkin. Yoki xakerlar aynan sizning web-saytingizni buzib kirishga, maqsadli harakat qilishi mumkin.

Quyidagilarga ega bo’lasiz

  • Aniqlangan tahdid va zaifliklar bilan serveringiz yoki web-saytingizning joriy xavfsizlik holati haqidagi batafsil hisobot.
  • Aniqlangan tahdidlar va zaifliklarni bartaraf etish, shuningdek, mavjud xavfsizlik darajasini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar.
  • Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlarning mustaqil kompetentligini baholash.

Biz qanday ishlaymiz

  1. Begonalarga ma’lumotlarni oshkor qilmaslik shartnomasini imzolaymiz.
  2. Tanlangan tarif rejasi bo’yicha shartnomani tuzamiz.
  3. Resursni tahlil qilamiz va tavsiyalarga ko’ra batafsil hisobotlarni tuzamiz.
  4. Biz keyingi o’rganish va tegishli harakatlar uchun barcha ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Ushbu xizmat kimga mos keladi

Ushbu xizmat kerak bo’ladi, agar:

  • Serveringiz yoki web-saytingiz turli hujumlarga qanchalik chidamli ekanligini tekshirishni istaysiz.
  • Resurslaringizning axborot xavfsizligi darajasini oshirishni istaysiz.
  • AX sohasida katta tajribaga ega amaliyotchilardan mustaqil fikr olishni istaysiz.
SO’ROV QOLDIRISH