O’zbekiston “Global Cybersecurity Index”ning kiberxavfsizlik darajasiga ko’ra mamlakatlar reytingida 70-o’rinni egalladi. Mamlakat indeksi 71,11 maksimal ballni tashkil etdi.
Indeks beshta asosiy yo’nalish bo’yicha 82 ta savolni o’zida birlashtiradi va ularning har biri 20 balldan baholanadi:
O’zbekiston huquqiy chora-tadbirlar segmentida – 19,27 ball eng ko’p ball hisoblanib, tashkiliy chora-tadbirlar bo’yicha eng kam balli – 10,05 ballni tashkil etgan.
Texnik chora-tadbirlar 12,56 ball, salohiyatni oshirish chora-tadbirlari 15,68 ball va hamkorlik chora-tadbirlari 13,56 ballga ega bo’lgan.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida kiberxavfsizlik bo’yicha O’zbekiston Qozog’istondan keyin ikkinchi (31-o’rin) hisoblanadi. Qirg’iziston 92, Tojikiston 138, Turkmaniston 144-o’rinni egallagan.
Reytingda AQSh (100 ball), Buyuk Britaniya va Saudiya Arabistoni (99,54 ball), Estoniya (99,48 ball) va Janubiy Koreya (98,52 ball) yetakchilik qildi. Mazkur reytingni Shimoliy Koreya yopgan (1,35 ball).